“SCOPUS AWARD – 2019” LIBRARY OF THE YEAR AWARD

“SCOPUS AWARD – 2019” LIBRARY OF THE YEAR AWARD

“Zarafshon” konsert zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elsevier (Niderlandiya) kompaniyasi tomonidan yil davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan o‘zbekistonlik yetakchi olimlarni taqdirlash  «Scopus Award–2019» marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari vakillari, Elsevier kompaniyasi mutaxassislari, xorijlik ekspertlar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari va doktorantlar ishtirok etishdi.

«Scopus Award–2019» taqdirlash marosimida 28 ta nominatsiya bo‘yicha 37 nafar olim va tadqiqotchi, 6 ta oliy ta’lim muassasasi va 1 ta ilmiy jurnal taqdirlandi. 
Shu o‘rinda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Yil kutubxonasi” nominatsiyasi g’olibi bo‘ldi. Bugungi kunda institut Axborot-resurs markazidajami adabiyotlar soni 239 750 tani tashkil etadi. Joriy yilning noyabr oyida institut kutubxonasiga yana yangi adabiyotlar, jurnallar olib kelindi. 
“Yil kutubxonasi” nominatsiyasiga sazovar bo‘lishimizda institut Axborot –resurs markazi xodimlari, jamoasining ham o‘rni beqiyos. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH