G‘ALABA SARI ILK QADAM

G‘ALABA SARI ILK QADAM

Sport kishini ham jismonan, ham ma’nan uyg‘oqlikka chaqirib, dadil va ildam bo‘lishga undaydi. Sababi o‘yingohga tushgan sportchi g‘oliblikka davogarlik qildimi, demak, unda yuqori tezlik, sezgirlik va butun tana qismida  g‘alabaga intilish hisi kuchli bo‘lishi, tabiiy. SHu sabab yurtimiz bo‘ylab aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yaratish, yosh-avlodni barkamol qilib tarbiyalash maqsadida tez-tez sport musobaqalari uyushtirilib turiladi.

Jumladan, joriy yilning 23- noyabr kuni voleybol sport turini talaba-yoshlar orasida keng ommalashtirish, ularning ushbu sport turiga nisbatan qiziqishlarini oshirish maqsadida, O‘zbekistan Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining 2019-2020 yilda mo‘ljallangan ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish taqvim rejasiga asosan Jizzax shahrida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati (oliy liga) va O‘zbekiston kubogi musobaqasining ilk qismi bo‘lib o‘tdi. 
Unda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “To‘qimachi” jamoasi ham ishtirok etdi. Hisob natijalariga ko‘ra institutimiz jamoasi Samarqand davlat universiteti jamoasini 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Chempionat davom etmoqda, bu g‘alaba davomli bo‘lishiga ishonamiz.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH