GIYOHVANDLIK VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH, BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ VA BURCHIMIZ

GIYOHVANDLIK VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH, BARCHAMIZNING VAZIFAMIZ VA BURCHIMIZ

Joriy yilning 14-noyabr kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan 2-TTJda “Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash,barchamizning vazifamiz va burchimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda Toshkent Sirg‘ali Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish 5-sonli IIB tergov bo‘linmasi tergovchisi M. Q. Xidirov va Sirg‘ali tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish 1-sonli IIB tergov bo‘linmasi tergovchisi katta leytenant  F.  O ‘. Xoliqovlar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar giyohvandlikning salbiy oqibatlari, undan yoshlarimizni ,balki jamiyatimizni asrash kerakligi haqida gapirib o‘tishdi.
Og‘uning quliga aylanganlarni davolashdan ko‘ra, giyohvandlikka chalinishning oldini olgan ming marta afzal. Demak, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilish barchamizning insoniy burchimizdir.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH