BARKAMOL AVLOD — YURT ISHONCHI

BARKAMOL AVLOD — YURT ISHONCHI

Kishida ma’naviy yetuklik bilan bir qatorda jismoniy sog‘lomlik, harakat mujassam bo‘lsa, u har tomonlama mukammal bo‘lib kamol topadi.
Bejiz, sog‘ tanda — sog‘lom aql, deyishmaydi. Sportdagi yutuqlari bilan e’tirof etilayotgan, g‘urur-u iftixorga to‘la yoshlarimiz orasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ham bor. Jumladan, joriy yilning 4-noyabr kuni oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha musobaqa  bo‘libo‘tdi. Toshkent davlat agrar universitetining ochiq birinchiligida Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti talabasi SHaxzod Yo‘ldoshev 66 kilogramm vazn bilan II o‘rinni egalladi. SHuningdek, 5-6 noyabr kunlari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida dzyudo va kurash sport turlari bo‘yicha tashkil etilgan “Universiada — 2019” da institut talabasi To‘qimachiliksanoati texnologiyasi  fakulteti talabasi Mirzabek Ismoilov 66 kilogramm vazn bilan ishtirok etdi va III o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Katta maqsadlar kichik amallar yig‘indisi bo‘lgani kabi hali yuqori marralar oldinda.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH