SPORT - SALOMATLIK GAROVI

SPORT - SALOMATLIK GAROVI

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019-yil 4-sentyabrda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 36- sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ta’lim muassasalaridagi  sport inshootlari quvvatlaridan  samarali foydalanish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb qilish choralarini kuchaytirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida  “Sport- salomatlik garovi” shiori ostida  spartakiadalar tashkil etish  yo‘lga qo‘yildi.
   Shu o‘rinda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida  sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning ommaviy turlariga ularni keng jalb qilish, shuningdek, sport va  sog‘lom turmush tarzi orqali  sog‘liklarini tiklash maqsadida “Sport -salomatlik  garovi” shiori ostida do‘stlik spartakiadasining I bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda institut jamoasining xodimlari, professor- o‘qituvchilari  ishtirok etishdi. 
  Sportning shaxmat, shashka, mini futbol, stol-tenniskabi turlaridan  professor-o‘qituvchilardan iborat ayollar va erkaklar jamoalari o‘rtasida musobaqa o‘tkaziladi. Musobaqa natijalariga ko‘ra: umumjamoa hisobida  sportning mini futbol turi bo‘yicha Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti  1-o‘rinni, Rektorat jamoasi 2-o‘rinni, Matbaa texnogologiyalari fakulteti faxrli 3-o‘rinni egallashdi. 
   Stol-tennisi sport musobaqasida Charm buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi kafedrasidan M.Ilxomova 1-o‘rinni,  Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasidan Niyozova Nasiba 2- o‘rinni, Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasining mudirasi Mansurova. M 3-o‘rinni egalladi. Stol-tennisi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni  Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri Odilov. F, Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasidan Yuldashev.S 2-o‘rinni, Pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasidan A.To‘xliyev 3-o‘rinni egallashdi. 

Shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni Kimyo kafedrasidan  I. Garibiyan, 2-o‘rinni Tursunova.D egalladi. 
   Shaxmat bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni institut Ishlar boshqarmasi boshlig‘i B.Boboxo‘jayev, 2- o‘rinni Fizika fakultetidan O. Soipov, 3-o‘rinni Fizika fakultetidan  To‘rayev.F egallashdi.
 
   Shashka bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin Fizika fakultetidan To‘rayev.F, institut Ishlar boshqarmasi boshlig‘i B.Boboxo‘jayev 2-o‘rinni, Mamanazarov.M 3- o‘rinni egallashdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH