SAYYOR DARS

SAYYOR DARS

2019 yil 19 sentbr kuni 3 juftlikda TTYeSI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti U.F. Elmuratova Fransiya xalqaro moda akademiyasibilan TTYeSI hamkorligidagi yangi xalqaro dizayn (kostyum) yo‘nalishi 1-kurs talabalariga “O‘zbekiston tarixi” fanidan “O‘zbekiston hududida dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari (Qadimgi davrdan IX asrgacha)” mavzusidagi ikkinchi seminar mashg‘uloti O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida “Sayyor dars” sifatida tashkil qilindi.

Sayyor dars davomida talabalar Vatanimiz tarixiga oid dastlabki sivilizatsiya o‘choqlari, davlatchilikni shakllanishi va rivojlanishi masalalarini yorituvchi arxeologik va antropologik qazishmalar natijasida topilgan manbaalarni guvohi bo‘ldilar. O‘z navbatida, mavzuga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Muzeyda o‘tkazilgan sayyor dars talabalar bilimini yanada boyitishga, dunyoqarashini kengayishiga albatta, o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH