KORRUPSIYA- TARAQQIYOT KUSHANDASI

KORRUPSIYA- TARAQQIYOT KUSHANDASI

Joriy yilning 13-sentyabr kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakultetida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi”shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  Unda To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba –yoshlar ishtirok etishdi. 
Tadbirni tashkil etishdan maqsad, yosh avlodni korrupsiya balosidan asrash, ularga korrupsiya taraqqiyotga tahdid ekanligini tushuntirish berishdan iborat. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig’i S.D.Soatov ma’ruza o‘qidi. Korrupsiya-bugungi kunda eng ayanchli illat ekanligi, undan yoshlarimizni balki har bitta insonni asrash kerakligini ta’kidlab o‘tdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH