STIPENDIYA-HAYOT MAMOT MASALASI EMAS

STIPENDIYA-HAYOT MAMOT MASALASI EMAS

   Stipendiya va kontrakt masalasi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar,saytlarda hamda ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p yoritilayatgan xabarlar sirasiga kirmoqda. Har qanday masalada shoshma –shosharlik  qilish ma’lumotni to‘g‘ri tinglamasdan noto‘g‘ri axborotni targ‘ib qilish,kanal va saytlarga odam sonini ko‘paytirish maqsadida birlashish uchun talabalarni to‘plash bu bilag‘onlik qilib aslida bilimsizlik sari yetaklashdir.
   Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 12-13 sentyabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 87-01-573 xati ijrosi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga tushuntirish ishlari  olib borilmoqda.Tushintirish ishlarini  Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.T.Abdullaev  olib bordi. Stipendiyali va stipendiyasiz o‘qish qoidalari hamda hamma 1,2,3 kurs bakalavr va magistr birinchi kurslarga bir xil miqdorda stipendiyalar berish haqida so‘z bordi.  Shuningdek, endilikda kontrakt to‘lovlarini oyma oy bo‘lib to‘lash imkoniyati paydo bo‘layotganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
   Yig’ilganlarga 2019-yilning 10-sentyabr kuni shu mavzuda  o‘tkazilgan matbuot anjumanidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Buzrukxonov intervyulari qo‘yib berildi. 
Aslida talaba stipendiya uchun emas, yaxshi kadr bo‘lish uchun yillar davomida o‘qib izlanib oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiradi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH