MAGISTRLARGA DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

MAGISTRLARGA DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 10-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda hamkor tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi. 

Tadbirni institutimiz rektori B.Onorboyev ochib berdi. Bitiruvchilarimizning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi. Magistrlik unvonini olgan bitiruvchilarimizga ilmiy izlanishdan to‘xtamasdan harakat qilishlarini ta’kidlab o‘tdi. 

Bu yil institutimizni 100 dan ortiq iqtidorli yosh, magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi. Bu yoshlar to‘qimachilik, yengil sanoat,dizayn va boshqa sohalarda mehnat qilishadi. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan yetakchi firmalarning rahbarlari, malakali xodimlari bitiruvchilarga diplomlarini tantanali ravishda topshirishdi. Tadbir so‘nggida, bitiruvchilarning ota-onalari ham so‘zga chiqishdi. Magistrlarimizdan Mamanova Maftuna tengdoshlariga omad tiladi. Ustoz va murabbiylariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.   
Magistrlarimizning kasbiy faoliyatlarida omad yor bo‘lsin. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH