MASTER-KLASS O‘TKAZILDI

MASTER-KLASS O‘TKAZILDI

Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi kafedrasi bilan hamkorlikda akademik innovatsiyalar fondi doirasida tajribali mutaxassis Xudoyberdiyev Farhod tomonidan institutning yosh o‘qituvchilari va magistrlari  uchun “Ustki kiyimlarni namlab-isitib ishlov berish jarayonidagi yangi texnologiyalar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. 
Unda tajribali mutaxassis Farhod Xudoyberdiyev qatnashdi va o‘zining tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. “Farhod Abdullo 1979”nomli modalar uyining direktori hisoblanadi. Erkaklar va ayollar kiyimlarini maromiga yetkazib tikadi. Moskvada malaka oshirib qaytgan. Mahorat darsida asosan erkaklar shimini bichish texnikasi, tikilish jarayonini to‘liq tinglovchilarga ko‘rsatib berdi.
Shuningdek, mahorat darsi davomida tinglovchilarga mato tanlash mahorati, mijozlar bilan ishlash texnikalari haqida ham so‘zlab berdi. Asosan moda olamida tabiiy matolardan hamda qo‘l mehnatidan foydalangan dizaynerlarning ishlari mijozlarga yoqishini alohida aytib o‘tdi. Darsni o‘tkazishdan maqsad- yoshlarni tajribalarini yanada oshirish, bundanda katta yutuqlarga erishishida ko‘maklashishdan iborat.
 Mutaxassisimiztalabalar va yosh o‘qituvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Master- klass katta taassurotlarga boy bo‘ldi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH