“YIGIRISH TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASIDA XAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

“YIGIRISH TEXNOLOGIYASI” KAFEDRASIDA XAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

   Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘pgina hamkorlik shartnomalarini imzolamoqdalar. Jumladan, “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi ham o‘z sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qancha xorijiy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bular qatoriga Belarus Respublikasining Vitebsk davlat texnologiya universiteti ham qo‘shildi. 
Xususan, joriy yilning 8 aprel kuni Belarus Respublikasining Vitebsk davlat texnologiya universiteti “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Dmitriy Borisovich Riyklin tashrif buyurdi. D.B.Riyklin tashrif chog‘ida institutimizning ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek,  “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi talabalari va “Yigiruvchi to‘garagi” a’zolariga «Aralash ip ishlab chiqarish texnologiyasi” mavzusida master klass o‘tdi. D.B.Riyklin master klass davomida “Aralashma ip ishlab chiqarishda yangi  innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar. Ushbu “Master klass” talabalarimiz bilimini yanada boyitishga xizmat qilishi muqarrar.
D.B.Riyklin fakultetimiz professor o‘qituvchi xodimlari bilan ham suhbat o‘tkazib, Belarus Respublikasidagi keng tarqalgan zig‘ir tolasidan ip yigirish texnologiyasi yangiliklari bilan tanishtirdi. Buning isboti natijasida Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti bilan Belarus Respublikasining Vitebsk davlat texnologiya universiteti o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH