INSTITUTDA KAFEDRA KUNI TADBIRI O‘TKAZILDI

INSTITUTDA KAFEDRA KUNI TADBIRI O‘TKAZILDI

2019 yil 28 mart kuni “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi professor- o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida “Kafedra kuni” tadbiri o‘tkazildi.                  
Tadbirda “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi dotsenti M.Xasanova, assistentlardan D.Alimova, Z.Islomova, M.Axmedova va talabalar ishtirok etdi. Ushbu tadbirda talaba-yoshlarga kafedraning tarixi, undagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 
 Xususan, kafedraning tashkil topishi va gullab yashnashida o‘z hissalarini qo‘shgan fidoiy professor-ustozlar B.E.Geller, M.A.Asqarov, D.N.Akbarov, K.E.Ergashev, M.Z.Abdukarimovalarning ilmiy faoliyatlariga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, kafedrada ilmiy faoliyat olib borayotgan iqtidorli talabalar D.Ibragimov va F.Qo‘ldoshevalar o‘z ilmiy faoliyatlari  bilan talabalarni tanishtirib o‘tdi. Tadbirdan so‘ng professor-o‘qituvchilar talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishib chiqdilar. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH