XALQARO ONA TILI KUNINI TALABALAR QANDAY O‘TKAZDI?

XALQARO ONA TILI KUNINI TALABALAR QANDAY O‘TKAZDI?

Til – insoniyatning moddiy va ma’naviy merosini asrashning eng kuchli vositasi. YUNESKOning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda mavjud bo‘lgan qariyb 6 mingta tillarning yarmi, yaqin muddat ichida batamom yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
YUNESKO Bosh konferensiyasining Qaroriga asosan 2000 yildan buyon 21 fevral – “Xalqaro ona tili kuni” sifatida nishonlab kelinmoqda. 
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida mazkur oliy ta’lim maskanida 21 fevral – xalqaro ona tili kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya,  Germaniya Federativ Respublikasi, Hindiston, Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonalarining rahbarlari  va Yoshlar ittifoqi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiningvakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ushbu tadbirni o‘tkazishda institutning “Tillar kafedra” jamoasi jonbozlik ko‘rsatishdi.
— Bugungi kunimiz ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi, – deydi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.Abdullaev. —Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning tarixi, madaniyati, turmush tarzi, urf-odatini aks ettiruvchi ko‘zgudir.
Shuningdek, tadbirda Ozarbayjon elchixonasi qoshidagi Xaydar Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy markazi direktori Samir Abbosov o‘zbek tilining qadimiyligi, uning shakllanish bosqichlari haqida to‘xtalib o‘tdi.  Markaz direktorining ta’kidlashicha, hozirda o‘zbek tilini o‘rganish maqsadida bir qancha millat vakillari yurtimizga tashrif buyurayotgani ham o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishdan dalolatligini alohida e’tirof etdi.  
Muloqot mobaynida Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasining ta’lim, madaniyat bo‘limi boshlig‘i Kirsten Meychener AQSHda ta’lim olish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. 
Germaniya Federativ Respublikasi yurtimizdagi elchixonasining ta’lim sohasidagi ishonchli vakili Simon Krechmer talabalarni Germaniyada ta’lim grantlari bilan yaqindan tanishtirdi. 
Buyuk Britaniya Kengashi direktori Reychel Aylend ingliz tilining umumjahon tillari qatoriga kiritishi bilan bog‘liq fikr-mulohazalarini bildirdi. 
Qiziqarli kechgan uchrashuvda Hindiston elchixonasi tasarrufidagi madaniy markaz rahbari professor Chandra Shekxar va madaniy ishlar bo‘limi rahbari, Konsul xonim Aditi Valunj Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida ilm, fan va madaniyat hamkorligi haqida so‘z yuritdi.
Qoleversa, institutning dizayn studiyasida, tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. 
Shuningdek, tashrif buyurgan mehmonlar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan mukofotlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘zbek tilini sofligicha saqlab qolishga doir takliflarini bildirishdi.

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH