EKOLOGIK HAYRIYA XASHARI

EKOLOGIK HAYRIYA XASHARI

   Ko‘ngildan boshlangan obodlik, yashnatish ishtiyoqi ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbat ifodasiga aylanib, borliqqa ko‘rkamlik, go‘zallik bag‘ishlaydi. Darhaqiqat, xashar – bu kalomni eshitganimizda, necha ming yillar mobaynida odamlarning boshini qovushtirib, ular qalbiga insonparvarlik, saxovatpeshalik, saranjom-sarishtalik kabi tuyg‘ularni singdirib kelayotgan ezgu qadriyat ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ushbu qadriyatning yana bir e’tiborli jihati shundaki, u insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalari, hamjihatlik, ayniqsa, yoshlar qalbida mahalla-ko‘yga, ona-Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.         
   Jumladan, 2019 yil 26  yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq ekologik hayriya xashari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Xususan, institut hududidagi daraxtlarga shakl berildi, ariqlar tozalandi, Ta’lim dargohi atrofidagi panjaralar va devorlar ta’mirlandi va bo‘yaldi. Xasharda institutning barcha fakultet talabalari faol ishtirok etdi. Misol uchun“Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti kafedralari o‘z hududlarida tozalik va obodonlashtirish ishlarini bajardilar.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH